🌿 Obodlik — mahalladan boshlanadi!
2026-08-11 10:35:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar “INVEST-TA’MIR 077” BSK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida shaharning “Obod turmush” MFY hududida, ko‘p qavatli uylar tutash hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🏡 Hududning sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni obod va ko‘rkam ko‘rinishga keltirish, yashil maydonlarni parvarishlash hamda hududlarni tartibga solish ishlari amalga oshirilmoqda.
🚜 Obodonlashtirish jarayonlariga maxsus texnikalar jalb etilib, hududlarni tozalash, chiqindilardan xoli qilish va tartibga keltirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.



