🌿 Bekobodda obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
2026-08-08 16:35:00 / Yangiliklar

📍 Bekobod shahrining “Farg‘ona” mahallasi hududida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari hamda maxsus texnikalari jalb etilgan holda keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda.
🚜 Hududda mavjud infratuzilmani tartibga keltirish, atrof-muhitni obodonlashtirish, chiqindilarni tozalash hamda ko‘chalar va jamoat joylarining sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌳 Bunday ezgu sa’y-harakatlar mahallalarimizni yanada obod, ozoda va ko‘rkam maskanga aylantirish, aholi uchun qulay va farovon muhit yaratishga xizmat qiladi.
🤝 Obod mahalla — farovon hayot garovi!





