jajji_nurli_yulduzlar
2026-08-07 11:50:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar 6-DMTTda "Jajji nurli yulduzlar" tanlovining shahar bosqichi Nizom talablariga asosan yuqori saviyada tashkil etildi.
20-Bolalar musiqa va san'at maktabining mutaxassis pedagoglari tomonidan hakamlik baholariga ko'ra 4-DMTT iqtidorli bolalar guruhi II o'rin, 19 va 20-DMTT folklor guruhi II o'rinni egallagan bo'lsa, 23-DMTT iqtidorli tarbiyalanuvchilardan iborat jamoa I o'rinni egallab, tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
📚Tanlovning g'olib va sovrindorlari maxsus tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.






