NURONIYLAR IBRATI — EZGULIK VA HAMJIHATLIK NAMUNASI!
2026-08-04 10:30:00 / Yangiliklar

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat" oyligi doirasida Bekobod shahrining barcha mahallalarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va hududlar sanitariya holatini yanada yaxshilashga qaratilgan ezgu ishlar izchil davom etmoqda.
Ushbu xayrli tashabbuslarda mahallalar yettiligi a’zolari bilan hamkorlikda nuroniylar ham faol ishtirok etib, xonadonlar, ko‘chalar va jamoat joylarini obod saqlash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, hamjihatlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash borasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Ular har bir mahallada shaxsiy namunasi bilan yoshlarga ibrat ko‘rsatib, aholini obodlik ishlarida faol ishtirok etishga da’vat etmoqdalar.
Ana shunday ezgu ishlarga bosh-qosh bo‘layotgan nuroniylarimiz yurtimiz taraqqiyoti, mahallalarimiz ravnaqi va Yangi O‘zbekiston bunyodkorligi yo‘lida munosib hissa qo‘shmoqdalar.






