📌 "Dolzarb 40 kunlik" tadbiri izchil davom etmoqda!
2026-07-28 12:45:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar "Dolzarb 40 kunlik" tadbiri doirasida "Buloqariq" MFYda fuqarolarning muammolarini o'rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
🏡 Xonadonlarga tashriflar uyushtirilib, ehtiyojmand oilalar, keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarning holati o'rganildi. Aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko'rilmoqda.
🤝 Shuningdek, aholi o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalarda sog'lom muhitni mustahkamlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar orqali mahallamiz tinchligi, farovonligi va fuqarolarimizning munosib turmushini ta'minlash yo'lida ishlar izchil davom etmoqda.


