⚡️Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i A. Inagamov, Bekobod shahar hokimi N.Ismailov hamda Xalq qabulxonasi Bekobod shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi A
2026-07-27 17:25:00 / Yangiliklar

👍Ochiq muloqot davomida mutaxassislar tomonidan soliq ma’murchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
👍Uchrashuv savol-javob tarzida tashkil etilib, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, faoliyat jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va takliflarini bevosita rahbariyat e’tiboriga havola qildilar. Muloqot davomida ko‘tarilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi hamda amaliy tavsiyalar bildirildi.
👍Mazkur ochiq muloqot tadbirkorlar bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish hamda hududda qulay biznes muhitini rivojlantirishga xizmat qildi.



