🤝 “Bir tomchi e’tibor” loyihasi davom etmoqda! 💙
2026-07-27 08:05:00 / Yangiliklar

🌿 Bugun O‘zmetkombinat Yoshlar masalalariga mas’ul xodimi Xurshid Sanginov boshchiligida “Bir tomchi e’tibor” loyihasining “Faxriylar e’zozda” aksiyasi doirasida kombinatda 38 yil samarali mehnat qilgan mehnat faxriysi Nosir Umarov xonadoniga tashrif buyurildi.
🏡 Tashrif davomida faxriy bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning mashaqqatli mehnat faoliyati, hayotiy tajribasi va bosib o‘tgan ibratli yo‘li yoshlar uchun haqiqiy hayot maktabi ekani alohida ta’kidlandi.
🌸 Shuningdek, faxriyga hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ezgu tilaklar bildirildi hamda holidan xabar olindi.
💙 Keksalarni e’zozlash, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasidir. Bu kabi xayrli tashabbuslar avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi.
🇺🇿 Faxriylar — millatimiz faxri, ularni e’zozlash esa barchamizning sharafli burchimiz!

