⚖️ Bekobod shahrida sayyor sud majlisi o‘tkazildi
2026-07-24 14:05:00 / Yangiliklar

⚖️ Bekobod shahrida sayyor sud majlisi o‘tkazildi
📋 Sayyor sud majlisi davomida Bekobod shahar IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar mazmunan ko‘rib chiqildi.
✅ Sud tomonidan ilgari sodir etgan jinoyatidan tegishli xulosa chiqargan, jazo o‘tash tartib-qoidalariga qat’iy amal qilgan hamda tuzalish yo‘liga o‘tgan 10 nafar nazorat ostidagi shaxsning o‘talmay qolgan jazosi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda bekor qilinib, ular jazodan ozod etildi.
⚖️ Shuningdek, o‘ziga nisbatan tayinlangan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan 1 nafar shaxsning jazosi sud qaroriga muvofiq og‘irroq turdagi jazo bilan almashtirildi.
🤝 Sud majlisi yakunida ishtirokchilarga har qanday jinoyat va huquqbuzarlik uchun jazo muqarrarligi, qonunlarga hurmat bilan yondashish, halol mehnat qilish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.


