📊 Bekobod shahrida yoshlar yetakchilari uchun seminar tashkil etildi
2026-07-22 10:10:00 / Yangiliklar

Bugun Bekobod shahar Yoshlar markazida mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida yoshlar bandligi dasturi hamda yoshlar balansini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
🗣 Seminar davomida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat dasturlari, mahallalarda yoshlar balansini to‘g‘ri yuritish, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli ishlash mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
📋 Shuningdek, yoshlar yetakchilariga band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, ta’lim va ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar hamda hisobotlarni yuritish tartibi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
🤝 Seminar savol-javoblar va tajriba almashish ruhida o‘tib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.
🇺🇿 Yoshlar bandligi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili!


