Osiyo Kubogi g‘oliblari taqdirlandi.
2026-07-20 15:45:00 / Yangiliklar

Joriy yilning iyun oyida Qirg‘iziston Respublikasida “Qirg‘iziston Javohiri” nomli Jang san’atlari bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasi o‘tkazilgan edi.
Ushbu qitʼa birinchiligida Bekobod shahar sport maktabi sportchilari munosib ishtirok etib 🥇3 ta oltin, 🥈1 ta kumush va 🥉1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgandi.
Bugun Bekobod shahar sport maktabi direktori X.Shodibekov musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin olgan yosh sportchilar hamda ularning ustozi Madinabonu Abdujalilovani samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tiladi.
Taqdirlash marosimi davomida sportchilarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
Bekobod shahar sport maktabi jamoasi g‘olib va sovrindorlarni ushbu munosib natija bilan yana bir bor samimiy tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar tilaydi.



