💼 Yoshlar bandligi — e’tibor markazida!
2026-07-02 15:20:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan Bekobod shahar Yoshlar ishlari agentligi bo‘limida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarka davomida korxona va tashkilotlarning mavjud bo‘sh ish o‘rinlari yoshlar e’tiboriga havola etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga ishga joylashish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot va amaliy tavsiyalar berildi.
🤝 Bunday tadbirlar yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning munosib ish topishiga ko‘maklashish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.



