“Ayollar daftari” ga kiritilgan ayollarga koʻrsatilayotgan yordamlar jarayonlari o‘rganildi
2026-06-23 14:35:00 / Yangiliklar

Bekobod shahrida Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan vakili B.Mirzayev hamda Oila va hotin-qizlar boʻlimi boshligʻi S.Nigmatullayevalar ishtirokida "Bogʻishamol" va Shirin mahallasida “Ayollar daftari”dagi ayollarga ko'rsatilayotgan yordamlar va individual dasturlar o‘rganildi va kamchiliklari tushuntirildi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, hujjatlarning yuritilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Oʻrganishlar davomida mahalla faollariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 239-son Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, mazkur qaror talablari asosida ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


