📍 Bekobod shahar hokimligida investorlar bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-05-18 15:30:00 / Yangiliklar

Bugun Bekobod shahar hokimligining kichik majlislar zalida Xitoy investorlariga qarashli "BEKOBODE FRP PIPE PRODUCTS" korxonasi rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Bekobod shahar hokimi N. Babayev hamda shahar hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G.Babaraimova ishtirok etdi.
Muloqot davomida korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini barqaror tashkil etish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, korxonada yuzaga kelgan suv va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqildi va ijobiy hal etildi.
Bunday uchrashuvlar hududga investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


