Bekobod shahrida mahallalarni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda
2026-05-03 14:50:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 2-may kuni Bekobod shahar hokimi N.Babayev shahrimizning og‘ir toifaga kiruvchi “Bog‘ishamol” mahallasida bo‘lib, hududni kompleks rivojlantirish hamda mahalla ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan loyiha dasturi bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik ishlari, aholi uchun yaratiladigan qulayliklar hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha taqdimotlar ko‘rib chiqildi.
Shahar hokimi loyiha mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan takliflar bilan tanishib, ularni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Mazkur dastur doirasida A.Temir va G‘.G‘ulom ko‘chalarining 1,4 kilometr qismini asfaltlashtirish, elektr tarmoqlarini yaxshilash, yangi transformator o‘rnatish, irrigatsiya tarmoqlarini barpo etish, hududda obodonlashtirish ishlarini kengaytirish hamda mavjud infratuzilmani yanada yaxshilash rejalashtirilgan.
✅ Bekobod shahrida har bir mahallani zamonaviy va obod maskanga aylantirish yo‘lida izchil ishlar davom etmoqda.




