Bekobod shahrida navbatdagi bunyodkorlik ishlari jadallik bilan davom etmoqda
2026-05-03 10:35:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 2-may kuni Bekobod shahar hokimi N.Babayev shahrimizning “Al-Xorazmiy” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan 3 ta sanoat hamda 8 ta savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar ko‘rib chiqildi.
Shahar hokimi loyiha mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan taklif va chizmalar bilan tanishib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.





