Rahbar va yoshlar uchrashuvi
2026-05-01 10:15:00 / Yangiliklar

Bekobod shahrida yoshlar bilan ishlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Bekobod shahar hokimi N.N. Babayev ishtirok etib, 8-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan samimiy va ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida hokim yoshlarning ta’lim jarayoni, kelajak rejalari, kasb tanlashdagi qiziqishlari hamda ularni qiynayotgan masalalar bilan yaqindan tanishdi.
O‘quvchilar o‘z navbatida turli taklif va tashabbuslarini bildirishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.




