Bekobod shahrida yo‘llar infratuzilmasi yaxshilanmoqda
2026-03-29 11:55:00 / Yangiliklar

Bekobod shahri “Birdamlik” MFY hududida joylashgan Memor ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
🚜 Hududda maxsus texnika va ishchi kuchlar jalb etilgan holda yo‘llarni ta’mirlash va asfalt qoplamasini yotqizish ishlari sifatli tashkil etilmoqda. Ushbu ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
🛣 Obod va ravon yo‘llar — yurt taraqqiyoti va aholi farovonligining muhim omilidir.



