Kun Nafasi
2026-03-27 16:35:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari bahorgi taʼtilda.O‘qituvchilarnii vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta'minlash maqsadida Respublikamizdagi tarixiy joylarga sayohatlar tashkillashtirildi.
2026 yil.27.03 kuni Bekobod shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 13- umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilari Respublikamizda joylashgan Samarqand shahridagi "Al Buxoriy" majmuasini ziyorat qilishib, ularning tarixi bilan yaqindan tanishdilar. O‘qituvchilar ushbu sayohat davomida qadimiy obidalar va tarixiy shaxslar haqidagi qimmatli ma'lumotlarini boyitdilar.
Shunday sayohatni tashkillashtirishda bosh bo‘lgan Maktabgacha va maktab taʼlimi Boshlang‘ich Kasaba Uyishmasi raisi M.Mamatovga 13-maktab jamoasi o‘z minnatdorchiligini bildiradi.







