Bekobod shahrida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-03-26 11:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Bekobod shahar hokimi Nasrulla Babayev, DXX Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘apur Ahmedov, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i Abduvosit Abdurazakov hamda Yoshlar ishlari Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarining taklif, tashabbus va fikrlari bilan faol qatnashib, dolzarb masalalar yuzasidan ochiq suhbat olib borildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda rahbarlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
✨ Yoshlar — yurt kelajagi!









