Sayyor qabul: murojaatlar yechimi - e’tibor markazida
2026-03-25 11:35:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.To‘raqulova tomonidan “Farxod” mahallasi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
🔹Sayyor qabul davomida fuqarolarning oilaviy, ijtimoiy va xotin-qizlar masalalariga doir murojaatlari tinglanib, ularning muammolari yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🤝 Mazkur qabul aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.




