Navro‘z -do‘stlik, hamjihatlik va mehr-oqibat timsoli
2026-03-24 11:35:00 / Yangiliklar

💐🌺🌸🌷Kuni kecha Bekobod shahridan qo‘shni Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyatiga qarashli Jabbor Rasulov hamda Spitamen tumanlariga Navro‘z umumxalq bayram syli munosabati bilan rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi.
💐🌷🌹🌺Bayram tadbirlari yuqori kayfiyat va samimiy ruhda o‘tdi. Delegatsiya vakillari minbardan turib qo‘shni va qardosh xalqni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va baraka tilaklarini bildirdilar.
💐🌺🌷🌹Ayniqsa, ushbu tantanada Qirg‘iziston Respublikasining Tojikiston bilan chegaradosh Laylak va Suluktu tumanlaridan tashrif buyurgan delegatsiyalarning ishtiroki bayramga alohida fayz bag‘ishladi.
💐🌷🌺🌹Uch davlat — O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston vakillarining bir sahnada jam bo‘lishi xalqlar o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamkorlik rishtalarining mustahkam ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
🧪 Navro‘z — bu yangilanish, ezgulik va mehr-oqibat ayyomi. U chegaralar, hatto qalblarni bog‘laydi, xalqlarni yanada yaqinlashtiradi.
🤝 Qardoshlik rishtalari, mustahkam do‘stlik abadiy bo‘lsin!








