Bugun Yoshlik sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga tantanali ravishda start berildi
2026-03-24 10:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda Bekobod shahar hokimi N.Babayev, hokim o`rinbosarlari, sport maktabi rahbariyati, sportchilar hamda murabbiylar ishtirok etishdi.
🥋Dastlab sportning Dzyudo turi bo‘yicha musobaqalarga start berildi.
➡️Tantanali tadbirda ta’kidlanganidek, Davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida mamlakatimizning barcha hududlaridagi yosh iqtidorli sportchilarni saralab olishga qaratilgan ushbu musobaqalarning qamrovi yildan yilga ortib bormoqda.
⚫️ Musobaqalarning birinchi bosqichi – tuman-shahar hokimi olimpiadasi joriy yilning mart–aprel oylarida, ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosqichi sifatida may–iyun oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.






