“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
2026-03-19 09:30:00 / Yangiliklar

Har payshanba kuni an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida bugun Bekobod shahridagi Yoshlar markazida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda yoshlar va mutasaddi rahbarlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.




