Bekobodda ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan yana bir muhim tashabbus!
2026-03-17 11:25:00 / Yangiliklar

Bekobod shahrining Andijon va Shirin mahallalarida ishsiz xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umidbaxsh loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbus doirasida lider tadbirkor Dildora Yusupova tomonidan 10 nafar xotin-qizga chevarchilik yo‘nalishida bepul ta’lim berilayotgani quvonarli holatdir.
Loyihaning asosiy maqsadi — ayollarni kasb-hunarga o‘rgatish orqali ularning bandligini ta’minlash, o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirishdan iborat.
Bunday ezgu tashabbuslar xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🌸
Bekobodda ayollarning imkoniyatlari kengayib bormoqda! 💐






