🌷 “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi” 🌷
2026-03-02 10:20:00 / Yangiliklar

Bekobod shahrida Ayollarni e’zozlash haftaligi doirasida mazkur shior ostida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi.
Haftalik doirasida Bekobod shahar hokimi N.Babayev shahrimizda faoliyat yuritayotgan “Oila maskani”ga tashrif buyurib, otinoyilar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yosh avlod tarbiyasi va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hokim tashabbusi bilan Xotin-qizlar tadbirkorlik markaziga tashrif buyurilib, tadbirkor ayollar faoliyati o‘rganildi.
Ularning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, amaliy ko‘mak berish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.
“Yoshlar markazi”da esa yosh rassomamiz S.Alimovaning “Ayol qalbi” nomli ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada ayolning nozik qalbi, sabri, matonati va go‘zalligi tasviriy san’at orqali yorqin ifoda etildi.
Bundan tashqari, Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati G.Sharipova tashabbusi bilan kitob ko‘rgazmasi o‘tkazilib, unda ayollar mavzusiga oid badiiy va ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi.
Tadbirlar yakunida ishtirokchilarga “Maryam” badiiy filmi namoyish etilib, ayolning hayotdagi o‘rni va fidoyiligi yana bir bor teran anglatildi.
✨ Zero, ayolga ehtirom – jamiyatga ehtiromdir.
🌷 Ayol baxtli bo‘lsa, albatta jamiyat ham baxtli bo‘ladi!








