Yangi investisiya loyihasi – iqtisodiy taraqqiyot sari muhim qadam!
2026-02-22 15:45:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar hokimi o‘rinbosari — investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Babaraimova Gulmira Zakirovna tomonidan Naaro‘z MFY hududida yangi “MVS Tashkent” korxonasi qurilishi rejalashtirilayotgani yuzasidan mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur yirik investisiya loyihasi shahrimizning iqtisodiy rivojiga xizmat qilib, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar yuzasidan tushuntirish berildi:
🔹 Mahalliy aholi bandligi – korxona ishga tushishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, birinchi navbatda mahalliy aholi ish bilan ta’minlanishi ta’kidlandi.
🔹 Eksport salohiyati – ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tashqi bozorlarga yo‘naltirish orqali shaharimiz eksport ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyati yaratiladi.
🔹 Hudud iqtisodiyotiga hissa – loyiha amalga oshirilishi natijasida soliq tushumlari ko‘payib, mahalliy byudjet daromadlari oshadi.
🔹 Ekologik talablar – qurilish va ishlab chiqarish jarayonlarida amaldagi ekologik me’yor va qoidalarga qat’iy rioya qilinishi, atrof-muhit muhofazasi ta’minlanishi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, fuqarolarning savollariga atroflicha javob berildi.
🤝 Yangi loyihalar – yangi imkoniyatlar demakdir!




