Jinoyatchilikka qarshi qat’iy choralar belgilandi
2026-02-20 14:50:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 11 fevral kuni Bekobod shahar Birdamlik MFY hududida sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan jinoyat sodir etilgan joyning o‘zida tanqidiy muhokama o‘tkazildi.
Unda Bekobod shahar hokimi N.Babayev, shahar prokurori B.Ilyasov hamda IIB boshlig‘i F.Ismoilov, mahalla faollari, tegishli mutasaddilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muhokama davomida jinoyatning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar atroflicha tahlil qilinib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish, ayniqsa nizoli oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, jinoyatni fosh etish va huquqbuzarliklarning oldini olishda faol fuqarolik pozisiyasini namoyon etib kelayotgan jamoatchilik faollariga shahar prokurori va IIB boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirildi.
Jamiyat tinchligi va xavfsizligini ta’minlash — barchamizning ustuvor vazifamizdir.



