🇺🇿 PREZIDENT QARORLARI AMALDA
2026-02-12 15:35:00 / Yangiliklar

Respublikamiz hududida keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” chora-tadbirlari doirasida Bekobod shahar “Turkiston” mahallasida muhim o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-2-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Unda Bekobod shahar hokimi N.Babayev, shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, JXX boshlig‘i, kapitan J.Abduraimov hamda “Turkiston” MFY “yettiligi” a’zolari ishtirok etib, mahalla hududi bo‘ylab xonadonbay o‘rganish ishlari olib bordilar.
🔎 O‘rganish davomida:
▪️nizoli oilalar,
▪️jinoyat sodir etishga moyilligi mavjud shaxslar,
▪️yashash sharoiti og‘ir va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holati tahlil qilindi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mahalla “yettiligi”ga tegishli tavsiya va aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur tadbirlar aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.





