Yoshlar holati joyiga chiqib o‘rganilmoqda
2026-02-09 11:05:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar Yoshlar ishlari agentligi hamda Angren Mudofaa bo‘limi hamkorligida otaliqqa biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash Andijon MFY hududida davom etmoqda.
Mutasaddilar tomonidan har bir yoshning uyiga va ish joyiga borib, ularning ijtimoiy holati, bandligi hamda mavjud muammolari joyida o‘rganilmoqda. Shuningdek, avval belgilab olingan vazifalar ijrosi ko‘zdan kechirilib, yoshlarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Bu kabi manzilli yondashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish hamda muammolarni tezkor hal etishga xizmat qiladi.




