Yoshlar bilan tizimli ishlar rejalashtirildi
2026-02-09 10:35:00 / Yangiliklar

Bugun Bekobod shahar Yoshlar ishlari agentligi hamda Angren shahar Mudofaa bo‘limi hamkorligida otaliqqa biriktirilgan yoshlar bilan olib boriladigan ishlar yuzasidan muhim uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv Bekobod shahar Yoshlar markazida tashkil etilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelishib olindi va aniq rejalashtirildi.
Mazkur hamkorlik yoshlarning har tomonlama rivoji va jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.




