Bekobod shahar hokimining 1-sonli texnikumga tashrifi
2026-02-06 11:25:00 / Yangiliklar

Bugun Bekobod shahar hokimi N.Babayev 1-sonli texnikumda bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ishtirok etdi.
Tashrif davomida o‘quvchilarning darslarga faol qatnashishi, bilim va kasbiy ko‘nikmalari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar ko‘zdan kechirilib, texnikumning yillik ish rejasi yuzasidan ma’lumotlar olindi.
O‘rganishlar yakunida mas’ul shaxslarga ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
✅ Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish — kelajak poydevori!






