Bekobod shahrida "Ommaviy diktant" tadbiri bo‘lib o‘tdi
2026-02-06 10:45:00 / Yangiliklar

Unda shahar hokimligi jamoasi barcha tashkilot, korxona, muassasa, idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda davlat xizmatchilari orasida yozma savodxonlik madaniyati targ‘ib qilinib, davlat tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqish yanada oshirildi, shu bilan birga, uning ijtimoiy mavqesini mustahkamlash to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
"Ommaviy diktant" tadbirida o‘zbek tilining qo‘llanishi va rasmiy ish yuritish hujjatlari tili sifatidagi o‘rnini takomillashtirish, o‘zbek tilida diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi yuzasidan o‘z ko‘nikmasini baholash imkoniyati yaratildi.
Eng muhimi, bu tadbir orqali davlat xizmatchilarining savodxonligini oshirish orqali hujjatlarning xatosiz yuritilishi hamda davlat tili qoida va me’yorlari sifatini oshirish maqsadlari ko‘zda tutilgan.









