Xotin-qizlar uchun huquqiy davra suhbati
2026-02-05 14:25:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi G.Sharipova va "Madaniyat" MFY xotin-qizlar faoli D.Jo‘rayeva hamkorligida mahalladagi xotin-qizlar uchun huquqiy mavzuda davra suhbati tashkil qilindi.
💬 Suhbat davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
▪️Mahallani huquqbuzarlikdan xoli hududga aylantirish;
▪️Jinoyatchilikka qarshi kurashda maktab va mahalla hamkorligini kuchaytirish;
▪️Huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish choralari;
▪️Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot ishlarini jadallashtirish;
▪️Aholining huquqiy madaniyatini oshirishda idoralar bilan hamkorlik qilish.
👩💼 Shuningdek, davra suhbatida xotin-qizlar uchun qabul ham tashkil qilindi.
Qabulda:
Subsidiyaga uy-joy olish;
Yoshga doir pensiyayorlar uchun sanatoriyalarga yo‘llanma olish tartibi; ko‘rib chiqilib, huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi.
✅ Maqsad - aholi huquqiy madaniyatini oshirish va mahallani barqaror hamda xavfsiz hududga aylantirish.


