Bekobodda sayyor sud yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-02-05 12:25:00 / Yangiliklar

Bugun Bekobod shahar “Sirdaryo” MFY binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi Akramov Akram va Bekobod shahar sud raisi Xalikov Xurshid ishtirokida sayyor sud bo‘lib o‘tdi.
📌 Ushbu majlisda Probatsiya guruxi hisobida turib, o‘zlariga nisbatan tayinlangan jazoni namunali xulq bilan o‘tagan va tuzalish yuliga o‘tgan 7 nafar nazorat ostidagi shaxslar jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.
⚖️ Shuningdek, 1 nafar shaxsning axloq tuzatish ishlari jazosi jinoyat kodeksining 46-moddasiga asosan ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.
✅ Maqsad - nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga qaytarish, ularning tuzalishi va huquqiy tarbiyasini ta’minlash.









