Yoshlar sportda – sog‘lom kelajak garovi
2026-02-04 14:25:00 / Yangiliklar

🗓 2026-yil 4-fevral kuni Bekobod shahar hokimining o‘rinbosari A.Dadabayev shahrimizning anklaV hududida joylashgan “Jomiy” mahallasida bo‘ldi.
🥊Tashrif davomida hududdagi 4-sonli umumta’lim maktabida "Jomiy" hamda “Bunyodkor” MFYlarida yashovchi yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan boks to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
👊 Mashg‘ulotlar jarayoni ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🔹Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, sport orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.



