🚨 Fishing va ijtimoiy muhandislik — firibgarlarning yangi qiyofasi!
2026-02-05 10:05:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda internet foydalanuvchilariga qarshi qo‘llanilayotgan eng keng tarqalgan kiber hujumlardan biri — fishing (phishing) va ijtimoiy muhandislik hisoblanadi. Bu usullar orqali kiberfiribgarlar insonlarni aldab, ularning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga harakat qilishadi.
🔎 Fishing nima?
Fishing — bu firibgarning soxta veb-sayt, elektron pochta yoki xabar orqali sizni aldash usuli. Masalan, bankdan kelganga o‘xshash xabar yuboriladi:
❗️ “Hisobingiz bloklandi. Tiklash uchun havolaga bosing.”
Siz bosgan havola esa asl saytning nusxasi bo‘lib, kiritilgan ma’lumotlaringiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri firibgarlarga yuboriladi.
🧠 Ijtimoiy muhandislik nima?
Bu usul inson psixologiyasidan foydalanib, maxfiy ma’lumotlarni olishga qaratilgan.
Firibgarlar odatda:
✔️ O‘zini ishonchli shaxs sifatida tanishtiradi
✔️ Sizni shoshiradi yoki qo‘rqitadi
✔️ Sovg‘a yoki yordam va’da qiladi
🔐 O‘zingizni qanday himoya qilasiz?
✅ Noma’lum havolalarni ochmang
✅ Shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga bermang
✅ Ikki bosqichli tasdiqni yoqing
✅ Sayt manzillarini diqqat bilan tekshiring
✅ Internetda doimo hushyor bo‘ling
💻 Kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun 7 muhim qoida:
1️⃣ Kuchli parollar ishlating
Oddiy parollardan foydalanmang. Har bir xizmat uchun alohida parol yarating.
2️⃣ Ikki bosqichli tasdiqni yoqing
Telefon yoki autentifikator orqali qo‘shimcha himoya yarating.
3️⃣ Shubhali havolalarga bosmang
SMS, e-mail yoki ijtimoiy tarmoqlardagi notanish havolalardan ehtiyot bo‘ling.
4️⃣ Jamoat Wi-Fi tarmoqlarida ehtiyot bo‘ling
Bank xizmatlaridan foydalanmang. Zarur bo‘lsa VPN ishlating.
5️⃣ Ilovalarni faqat rasmiy manbalardan yuklang
Shubhali yoki “buzilgan” dasturlar virus tarqatishi mumkin.
6️⃣ Ma’lumotlaringizni himoya qiling
Pasport, bank karta rasmlari yoki kodlarni messenjerlarda saqlashdan saqlaning.
7️⃣ Kiberxavflardan xabardor bo‘lib boring
Bilim — eng kuchli himoya vositasidir.
📱 Ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik - onlayn hayotingiz sug‘urtasi!
🔒 Akkauntingizni himoyalang: ✔️ Murakkab parollar ishlating
✔️ Har joyda bitta parol ishlatmang
✔️ Ikki bosqichli tasdiqni yoqing
📌 Shaxsiy ma’lumotlaringizni cheklang:
✔️ Telefon raqam, manzil va hujjat ma’lumotlarini oshkor qilmang
✔️ Real vaqtda joylashuvni ulashmaslikka harakat qiling
⚠️ Unutmang!
Internetdagi har bir ehtiyotsiz qadam shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
🔰 O‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
🔰 Ushbu ma’lumotni boshqalarga ham ulashing!
