Bekobod shahrida navbatdagi ochiq fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-02-03 10:15:00 / Yangiliklar

Joriy yil 3-Fevral kuni Bekobod shahar hokimi N.Babayev rahbarligida shahar hududida joylashgan “Metalurg" MFY binosida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
🔗 Tadbirda Bekobod shahar prokurori B.Ilyasov, Xalq qabulxonasi vakillari shuningdek, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
📌Qabul jarayonida aholining ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid 29 ta murojaati tinglandi. Shundan 17 tasi joyida hal qilindi, qolgan 12 nafar fuqaroga esa huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.
🔹 Mazkur qabullar aholining muammolarini joyida hal etish, ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
➡️Fuqarolar bilan ochiq muloqot – bu hokimiyat va xalq o‘rtasidagi ishonch ko‘prigini yanada mustahkamlovchi asosiy omillardan biridir.






