Bekobod shahrida «Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
2026-02-02 11:55:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati shahar va tumanlarida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlar doirasida ishlab chiqilgan reja-grafik ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026 yil 2 fevral kuni Toshkent viloyati Bekobod shahri “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla faollari ishtirokida «Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida IIB bo‘limi boshlig‘i F. Ismoilov, shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etib, oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, milliy va ma’naviy qadriyatlarni asrashdagi ahamiyati, sog‘lom oila muhitini yaratish, farzand tarbiyasi, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mas’uliyat masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.
Tadbir davomida ibratli oila namunasi orqali yoshlarga hayotiy saboq berish, oilaviy munosabatlarda barqarorlikni mustahkamlash hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish muhim vazifa sifatida belgilab olindi.
✨ Oila - jamiyat tayanchi, barqaror kelajak poydevoridir!



