PQ–1 va PQ–2 qarorlari mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar tashkil etildi
2026-01-17 17:55:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar prokurori B.X. Ilyasov, Toshkent viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i B. Nurmatov hamda Bekobod shahar IIB boshlog‘i F.Ismoilovlar raxbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ–1-sonli va PQ–2-sonli qarorlari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur seminarda shtab a’zolari, mahalla yettiligi, shuningdek, qarorlar ijrosiga mas’ul bo‘lgan barcha tashkilot va idora rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida yuqorida qayd etilgan qarorlarning asosiy maqsad va vazifalari atroflicha tushuntirilib, ularning amaliyotdagi ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan aniq javoblar qaytarildi hamda bildirilgan taklif va mulohazalar eshitildi.








