SAYYOR SUD MAJLISI O‘TKAZILDI
2026-01-16 15:25:00 / Yangiliklar

Kuni kecha JIB Bekobod shahar sudi hamda IIB Probatsiya guruhi hamkorligida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sud jarayonida Probatsiya guruhi hisobida turuvchi 11 nafar nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.
✅ Natijada: - 10 nafar shaxs jazoni namunali xulq-atvor bilan o‘tab, tuzalish yo‘liga o‘tgani uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
▪️ 1 nafar shaxs esa jazo o‘tashdan bo‘yin tovlagani sababli, uning o‘talmay qolgan jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
📌 Qonun ustuvorligi - jamiyat adolatining asosidir.


