Tibbiyotda mas’uliyat, halollik va muomala madaniyati - ustuvor vazifa
2026-01-16 10:25:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar hokimi N.Babayev Bekobod shahar Tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurib, tibbiyot xodimlari bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “2026 yilda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, barcha xodimlar va ularning oila a’zolarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish, aholiga xizmat ko‘rsatishda muomala madaniyatiga qat’iy amal qilish, shuningdek, har juma - “Milliy liboslar kuni”da faol ishtirok etish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, bugungi kunda korrupsion holatlarning oldini olish dolzarb masala ekanligi qayd etilib, tibbiyot sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va mas’uliyatni kuchaytirish borasida xodimlar ogohlikka chaqirildi.
Mazkur uchrashuv sog‘liqni saqlash tizimida xizmat sifati va xodimlar mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.




