Korrupsiyaga qarshi kurashda ustuvor vazifalar belgilandi
2026-01-15 14:10:00 / Yangiliklar

Bugun Bekobod shahrida "O‘zmetkombinat" AJ rahbari boshchiligida 2025-yil yakunlari sarhisobi hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda korxonaning ijroiy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda xodimlar mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 2025-yilda erishilgan natijalar tahlil qilinib, 2026-yil uchun aniq maqsad va vazifalar belgilab olindi.
Yakunida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda kelgusida tizimli nazorat o‘rnatilishi qayd etildi.



