Viloyat aholisi uchun xorijiy mutaxassislar ishtirokida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda
2026-01-08 11:05:00 / Matbuot anjumanlari
Salomatlik

Bekobod shahar Metalurglar shifoxonasida Turkiyaning nufuzli “Medipol Mega Hospitals Group” mutaxassislari ishtirokida Toshkent viloyati miqiyosida xayriya tibbiy ko‘rik va bepul maslahatlar o‘tkazilmoqda.
👨⚕️Xayriya tadbiri doirasida bolalar urologiyasi bo‘yicha mutaxassis hamda neyroxirurgiya yo‘nalishida bolalar va kattalar uchun malakali shifokorlar hamkorligida aholiga tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berilmoqda.
🤝 Mazkur tashabbus sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgani bilan ahamiyatli.
