MUROJAATLAR IJROSI — DOIMIY E’TIBORDA!
2026-10-22 14:10:00 / Yangiliklar
Bugun Bekobod tumani hokimi o‘rinbosari A. Turobov tomonidan Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal xizmatlar, infratuzilma, yer munosabatlari, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat — e’tibor, mas’uliyat va amaliy harakat demakdir!
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va murojaatlarning natijadorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq bilan muloqot — muammolarni aniqlashdan ularning amaliy yechimigacha bo‘lgan muhim jarayon. Shu bois, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda har bir masala yuzasidan aniq natijaga erishish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Zero, inson qadri ulug‘langan yurtda hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, har bir muammo esa o‘zining qonuniy va amaliy yechimini topishi lozim!

