KIBERFIRIBGARLIKDAN OGOH BO‘LING!
2026-10-15 17:55:00 / Brifing
Bekobod tumani IIB boshlig‘i ishtirokida Kiberfiribgarlikning oldini olish, fuqarolarning bank kartalari va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishyuzasidan brifing
tashkil qilindi.
Assalomu alaykum, hurmatli fuqarolar!
Bugungi kunda internet va mobil aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatlari kengayib borayotgani bilan bir qatorda, kiberfiribgarlik holatlari ham uchramoqda. Firibgarlar turli usullardan foydalanib, fuqarolarning ishonchiga kirish, bank kartalaridagi mablag‘larni qo‘lga kiritish va shaxsiy ma’lumotlarini egallashga urinmoqda.
Shu bois, barchangizni internet va telefon orqali amalga oshiriladigan firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lishga chaqiraman.
Birinchidan, o‘zini bank xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili deb tanishtirgan begona shaxslarga ishonib, bank kartangiz ma’lumotlari, PIN-kodingiz va SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlarini bermang.
Ikkinchidan, “Sovg‘a yutdingiz”, “Sizga yordam puli ajratildi” kabi xabarlar orqali yuborilgan shubhali havolalarni ochmang. Ular shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish uchun tuzilgan bo‘lishi mumkin.
Uchinchidan, Telegram va boshqa messenjerlar orqali kelgan noma’lum APK, EXE va ZIP fayllarni tekshirmasdan yuklab olmang yoki ishga tushirmang.
To‘rtinchidan, qisqa muddatda katta daromad olishni va’da qiluvchi shubhali investitsiya takliflari va moliyaviy piramidalardan ehtiyot bo‘ling.
Beshinchidan, internet orqali xarid qilishda sotuvchining ishonchliligini tekshiring. Tovar yoki xizmatni aniqlamasdan turib, noma’lum shaxslarga oldindan pul o‘tkazmang.
Shuningdek, mobil qurilmalaringizni himoya qilish uchun ishonchli xavfsizlik vositalaridan foydalaning. Har qanday ilovani o‘rnatishdan oldin uning manbasi va ishlab chiquvchisini tekshiring.
Hurmatli fuqarolar!
Unutmang, firibgarlar ko‘pincha odamlarni shoshiltirish, qo‘rqitish yoki oson daromad va’da qilish orqali chalg‘itadi. Shunday vaziyatlarda shoshilmang — ma’lumotni tekshiring, yaqinlaringiz bilan maslahat qiling va shubhali holatlarda bankingizning rasmiy aloqa kanallari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.
Ogohlik va hushyorlik — kiberfiribgarlikdan himoyalanishning eng muhim shartidir!
