Paxtadan mo‘l va sifatli hosil olishda agrotexnik tadbirlar muhim
2026-09-17 14:50:00 / OAV biz haqimizda
“Paxtadan yuqori va sifatli hosil olishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish muhim ahamiyatga ega. Bu esa mo‘l va sifatli paxta hosili yetishtirish uchun mustahkam zamin yaratadi.”
Bekobod tumani “Ulug‘bek” hududidagi “Dilnura, Farangiz, Usmonjon agro” fermer xo‘jaligida OAV vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Press-tur davomida jurnalistlar fermer xo‘jaligida paxtachilik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, yetishtirilayotgan paxta navi, ekinlarni parvarishlash jarayonida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, o‘g‘it va oziqa moddalaridan samarali foydalanish, shuningdek, zararkunandalarga qarshi kimyoviy preparatlarni belgilangan muddat va me’yorlarda qo‘llash borasida batafsil ma’lumot berildi.
Fermer xo‘jaligida hosildorlikni oshirish, paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

