Brifingda yong‘in xavfsizligi va ogohlik masalalari muhokama qilindi
2026-07-15 18:30:00 / Brifing
Bekobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan respublika miqyosida o‘tkazilayotgan "Dolzarb 60 kun" tadbirlari doirasida navbatdagi brifing tashkil etildi.
Brifingda Bekobod tumani FVB Tezkor bo‘linmasi katta inspektori, katta leytenant Mahkamboyev Mirg‘iyos Jahongir o‘g‘li ishtirok etib, yozning jazirama kunlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan muhim tavsiyalar berdi.
Ta’kidlanganidek, yong‘inlarning oldini olish har bir fuqaroning hushyorligi va mas’uliyatiga bog‘liq. Ayniqsa, quruq o‘tlar, dala maydonlari va maishiy chiqindilarni yoqmaslik, elektr hamda gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, shuningdek, favqulodda holatlarda belgilangan tartiblarga qat’iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ogohlik — xavfsizlik garovi!
