Bekobod tumanida chakana savdo hajmi barqaror o‘sishda davom etmoqda
2026-07-10 14:35:00 / Yangiliklar
2026-yilning yanvar–may oylarida Bekobod tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 376,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,0 foiz o‘sishni qayd etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida:
Yirik korxonalar hissasi – 9,1 milliard so‘m;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasi – 367,6 milliard so‘mni tashkil etdi.
Statistik ma'lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tuman chakana savdo aylanmasining asosiy qismi aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy faollikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.
Tadbirkorlik rivojlangan hududda iqtisodiy barqarorlik mustahkamlanadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholi farovonligi yuksaladi.

