Bekobod tumanida yirik noturar bino E-auksion.uz platformasida sotuvga chiqarildi
2026-07-03 13:25:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Bekobod tumanida joylashgan yirik noturar bino — sobiq kinoteatr binosi E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali ochiq auksionga qo‘yildi.
Mazkur obyekt qulay hududda joylashgani, keng yer maydoni hamda mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun istiqbolli imkoniyatlarni taqdim etadi.
Obyekt haqida ma’lumot:
Manzil: Toshkent viloyati, Bekobod tumani, Bunyodkor MFY, Ahillik ko‘chasi, 39-uy.
Boshlang‘ich narxi: 1,4 mlrd so‘m.
Muddatli to‘lov: mavjud.
Yer maydoni: 67 sotix.
Bino maydoni: 1 371,0 kv. m.
Kommunikatsiyalar: elektr energiyasi va ichimlik suvi mavjud.
Lot raqami: 24188785.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
☎️ +998 99 207 26 10
☎️ +998 71 202 21 11
Shuningdek, auksion shartlari bilan E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

