BEKOBOD INVESTMENT HUB — Markaziy Osiyodagi eng istiqbolli investitsiya hududi
2026-06-26 17:45:00 / Yangiliklar
Bekobod tumani (Toshkent viloyati) mahalliy va xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Tayyor infratuzilma, qulay investitsiya muhiti, soliq imtiyozlari va davlat kafolatlari — barchasi yagona hududda mujassam.
Umumiy investitsiya salohiyati — 1,4 milliard AQSH dollaridan ziyod!
Investitsiya loyihalari 3 ta asosiy yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:
Bekobod SEZ — Erkin iqtisodiy zona
397 gektar hudud
120 ta lot
500 million dollarga yaqin investitsiya
2026-yilga qadar 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni
Oybek FTZ — Erkin savdo zonasi
O‘zbekiston–Tojikiston chegarasi hududi
34 gektar maydon
20 million dollarlik investitsiya loyihalari
“Yangi O‘zbekiston” — zamonaviy turar joy majmuasi
104 gektar hudud
7 800 ta xonadon
900 million dollarlik investitsiya
Investorlar uchun asosiy afzalliklar:
10 yilgacha soliq imtiyozlari
Shaffof elektron auksion tizimi
26,5 km tayyor yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari
Prezident Farmoni №PF-4853 asosidagi kafolatlar
Batafsil ma’lumot: bekobodinvest.uz
